Farg’ona shahar 37-umumta’lim maktabida 2017-yil 1-mart kuni Zulfiyaxonim tavalludining 102 yilligi munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi. Unda o’quvchilar shoira hayotidan lavhalarni namoyish qilishdi. Uning go’zal va ta’sirchan she’rlaridan namunalar keltirishdi. Shu bilan bir qatorda maktabimizning iste’dodli va qobiliyatli ijodkor o’quvchilari o’z she’rlarini tomoshabinlarga namoyish qilishdi. 5-6-sinf o’quvchilarining raqslari tadbirga yanada ko’tarinki ruh bag’ishladi. Tadbir so’nggida go’zal she’r ijodkorlari va jamoat ishlarida faol qatnashgan o’quvchilar “Faxriy yorliq” va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.