G‘amxo‘r ota-onalar farzandining har tomonlama rivojlanishi uchun barcha sharoitni yaratishga harakatqiladilar. Mutaxassislarning fikricha, aynan shu jarayonda ota-onalar o’zlari bilmagan holda, ayrim xatolarga yo‘l qo’yadilar. Shunday xatolarning eng ko‘p uchraydiganlari ustida to’xtalib o‘tamiz.
- Birovlarga solishtirish
Farzandining rivojlanish darajasini kitob- lardagi “standartlar” bilan yoki tanishlarining farzandlari bilan solishtirib ko’rish, agar kitob- da yozilganidan yoki tanish bolaning rivoj- lanishidan orqada qolayotgan bo’lsa, xavotirga tushish kabi holat juda ko‘p uchraydi.
Xavotirlanishga shoshilmang! Boladan xuddi kitoblarda yozilganidek yoki tanishin- gizning bolasi bilan birxilda rivojlanishini talab qilib bolmaydi. Xavotirga jiddiy asosingiz bolsa, pediatrga murojaat qilsangiz bo’ladi.
- “Rivojlanish boshlanadigan vaqt”ni kutish
Ba’zi ota-onalar farzandimiz rivojlanadigan yoshga yetganda tarbiyani boshlaymiz, deyi- shadi. Aslida, bola rivojlanishi tug’ilgan zahoti boshlanadi. Shunga muvofiq, tarbiyani ham tug‘ilgan zahoti boshlash kerak.
- Maslahat va yo’riqnomalarga jiddiy rioya qilishga harakat qilish
Bular asosan ota-onalar uchun yozilgan kitoblarda uchraydi yoki bolaning mehribon buvijonisi yoki boshqa bir tajribali onalar tomonidan aytilgan bolishi mumkin. Ularga ko‘r-ko‘rona ergashib bolmaydi. Chunki far- zandingizning o‘ziga xosligi, hech kimga 0‘xshamaydigan tomonlari bu yo’riqnoma va maslahatlarga o’zgartirishlar kiritishni talab qiladi.
- Bola tarbiyasini boshqalarga to‘liq topshirib qo’yish
Maktabgacha bolgan tarbiya muassasa- larining bola rivojlanishidagi o‘rni katta. Le- kin aynan siz bajarishingiz kerak bo’lgan vazifalar baribir saqlanib qoladi. Masalan, bolaga atrofimizdagi dunyo haqidagi bilimlarni faqatgina o‘zingiz bera olasiz va dunyoqa- rashining to’g‘ri shakllanishini yo’lga qo’yasiz.
- Bolani yangi axborotlar bilan charcha- tish
Bola rivojlanishini tezlatish maqsadida, unga yangidan-yangi narsalarni o‘rgatishda ehtiyot bolish kerak, chunki yangi axborotlar- ning ko’pligi bola ruhiyatini charchatib qo‘yishi mumkin.
- 0‘yinchoqlarni ko‘p olib berish
Bolasini xursand qilish uchun turli xil o‘yinchoqlar olib bergisi keladigan otalar va onalarni tushunish mumkin. Lekin bu nar- sada ham me’yor bo‘lgani yaxshi. Chunki ko‘p sonli o’yinchoqlar orasida qolgan bola ulardan zerika boshlaydi, buning ustiga faqat o‘yinchoqlar bilan vaqt o‘tkazgan bolada atrof olam haqida to‘g‘ri tasavvur shakllanmaydi.
- G‘amxo‘rlik va nazoratni me’yoridan oshirish
Bola xavfsizligi haqida qayg’urish, albatta, ota-onaning burchi hisoblanadi. G‘amxo‘rlik va e’tiborning haddan ko‘pligi esa bolaning hayot haqida bilim va tajribalar orttirishiga halaqit beradi, bola mustaqil hayotga tayyor bolmagan holda katta boladi. Shuningdek, nazoratning ortiqcha bo‘lishi bolaning mustaqil qaror qabul qilishga o’rganishi va shaxsiy fik- rining shakllanish jarayonlariga xalaqit beradi. Bolangizning irodali va qat’iyatli shaxs bo‘lib voyaga yetishini xohlasangiz, unga mustaqillik bering.