Maktabimizda AKT

Maktabimizda AKT

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №282 « «ZIYONET» Axborot tarmog‘ini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi qarori ijrosi o‘laroq, 2012 yildan maktabimiz «ZIYONET» tarmog‘iga ulandi. Maktab o‘qituvchilar uchun bir necha bor “Axborot kommunikatsion texnologiyalar va yangi uslubiy dars o‘tish metodikasi” mavzusida informatika o‘qituvchilari tomonidan o‘quv-seminar treninglarini tashkil etdi. O‘qituvchilar guruhlarga bo‘linib darslardan so‘ng AKT bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. 2012 yilning 20-dekabrida o‘qituvchilar test sinovlarida o‘zlarining bilimlarini sinab ko‘rishdi.

komp

 

 

 

 

2014-2015 yilarda matematika va informatika o‘qituvchilari “Viloyat Xalq Ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish” institutida ikki kunlik o‘quv-seminarida qatnashishdi. Ushbu seminar asosida shu yilning aprel-may va avgust-sentyabr oylarida qo‘yidagi mavzular bo‘yicha trening-darslar o‘tkazildi:

  1. Kompyuter va uning qurilmalari. Dasturiy ta’minot;
  2. Matn muharririda hujjatlar bilan ishlash;
  3. Elektron jadvallar muharririda ishlash;
  4. Taqdimot dasturlarida ishlash;
  5. Arxivlash va antivirus dasturlari;
  6. Elektron pochta xizmati va uning imkoniyatlari.

Hozirgi kunda Respublikamiz maktablarining 73 foizdan ko‘prog‘i eng zamonaviy o‘quv–laboratoriya uskunalari, kompyuter sinflari, elektron darsliklar, uslubiy qo‘llanmalar bilan jihozlash bosqichi bugungi kunnining eng dolzarb vazifasi hisoblanadi. Bu erda gap kompyuter texnikasini faqatgina tor doirada “Informatika” fanidagina qo‘llash haqida emas, balki birinchidan uni boshqa fanlarni o‘qitish jarayoniga, ayniqsa elektron darsliklar asosida harakatli, didaktik, ko‘rgazmalik, tovushli, sermazmun tarzda qo‘llash ustida ketmoqda. Ikkinchidan, AKT dan maktabda erkin foydalanish, ya’ni maktab kutubxonalarida tashkil etilayotgan axborot resurs markazlarni (ARM) zamonaviy texnika vositalari hamda kompyuterlar joylashtirib tashkil etilayotganligi. Uchinchidan, AKTdan maktab rahbariyati tomonidan ish yuritish tizimini boshqarishda foydalanish ko‘zda tutilmoqda. Bu tabiiyki xalqaro internet tizimi, elektron pochta, turli rasmiy ish yuritish va boshqalarni o‘z ichiga oladi. To‘rtinchidan fan xonalarida o‘qituvchining AKTdan foydalanishi, o‘z malakasini muttasil oshirib borishi va o‘quv jarayoniga tayyorgarlik ko‘rishi, ko‘rgazmali qurollar va o‘quv matieriallar tayyorlashi uchun yakka kompyuterlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi.

komp2

 

 

 

 

 

Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishdagi yutuqlari

Ta’kidlash joizki, umumta’lim maktablarini zamonaviy kompyuterlar, elektrondarslik, elektron qo‘llanma va elektron dars ishlanmalari bilan ta’minlanmoqda. Hozirda, 46 nomda 5-9 sinflar uchun elektron darslik va 25 nomda o‘quv filmlar yaratildi. Biz ulardan samarali foydalanish va dars jarayonida oqilona qo‘llashni yo‘lga qo‘yishimiz lozim. Buning uchun o‘qituvchilar, mutaxassislar bevosita AKT dan foydalanishni mukammal bilishlari va o‘quvchilarni AKT imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirishlari kerak.

Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o‘quv tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarning tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir inson o‘z kasbiy tayyorgarligini, mahoratini kuchaytirishga imkoniyat yaratiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiyaexnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 200-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2002-2010 yillarda kompterlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish dasturi”da davlatning bu sohadagi siyosati milliy axborot tizimini shaklllantirish deb ifodalagan bo‘lsa, kadrlar tayyorlash milliy dasturining 4.10 –bandi ta’lim tizimining yaxlit elektron axborot makonini vujudga keltirish haqidadir. 2002-2010 yillarga mo‘ljallangan kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish davlat dasturida bu yo‘nalish bo‘yicha pedagogik kadrlar va mutaxassislarning malakasini oshirish vazifasi qo‘yilgan. Bularning barchasi ta’limda AKT keng targ‘ib etishni hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganining dalilidir.

Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishda mavjud muammolar

Hozirgi kunda maktablarni kompyuterlashtirish va yangi zamonaviy darslik, ayniqsa elektron darsliklarni yaratish nisbatan yosh “Informatika” fanini umumiy ta’lim muassasalarida bundanda mavqei va nufuzini ko‘tarishda dolzarb vazifaligicha qolmoqda.

Maktabda ko‘p sonli fan kabinetlari bo‘lganligi uchun kompyuterlardan ko‘pchilik o‘qituvchilar o‘z fanlarida qo‘llashi uchun sharoit yaratishga qaratilgan chora tadbirlarni ishlab chiqilayotganligi maqsadga muvofiqdir. Bu ishlarni yanada samarali va zamonaviy bo‘lishi uchun masofadan o‘qitishga o‘tish lozim bo‘lmoqda. Axborot Resurs markazlari albatta Internet tarmog‘iga ulangan bo‘ladi. Qolaversa, barcha maktab kompterlarini mahalliy tarmoqqa ulanishi ko‘zda tutilgan. Ammo bu borada taklif etilayotgan ishlar juda katta texnik vazifalarni va o‘qituvchilarni qayta tayyorlash ishlarini amalga oshirishni taqozo etadi. Biz texnik echimini kutayotgan qanday muammolarga duch kelishimiz mumkin?- degan haqli savol tug‘iladi. Birinchidan barcha maktablarda barqaror elektr kuchlanishi, sifatli telefon aloqasi bo‘lishi zarur. Ehtimol, hozirda XTV tomonidan ishlab chiqilgan harakat dasturi buning echimini ijobiy hal etar. Ikkinchidan kompyuterlarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassisilarga katta ehtiyoj seziladi. Uchinchidan, AKTni maktablarga kirib kelishi sababli Internet xonalari doimo o‘qituvchilar va o‘quvchilarga to‘xtovsiz xizmat qilishi kutiladi. O‘quvchilar darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini kutubxonada, axborot Resurs markazlarida yoki kompyuter xonalarida o‘tkazishi mumkin. Bularning barchasi maktablarda qo‘shimcha ishlarni yuzaga keltiradi. Maktab boshqaruvi tarkibida AKT bilan jiddiy shug‘ullanuvchi etarli ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassisini bo‘lishi lozim bo‘ladi. SHuningdek, AKTni ommaviy maktablarga joriy etish katta tashkiliy va moliyaviy tayyorgarlikni taqozo etadi.

 

Fargona shahar xalq talimi bolimi tasarrufidagi 37-orta talim maktabining rasmiy sayti