Farg‘ona shahar 37- umumiy o‘rta ta’lim maktabida
,,Fuqaro muhofazasi kuni”lari o‘tkazildi
Farg‘ona shahar 37- umumta’lim maktabi Farg‘ona shahar hokimining 2016- yil fevral kungi № 174/7 — sonli yig‘ilish bayonnomasi, Farg‘ona shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limining 2016 yil 8- fevral kungi 54 — sonli buyrug‘iga asoslanib 2016 yil 8- fevraldagi 62- sonli buyrug‘iga asosan 2016 yil 17- fevral kuni ,,FM kuni”tadbiri boshlandi.
Maktabda fuqaro muhofazasiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha buyruq chiqarildi. Buyruqda tadbirning maqsad va vazifalari ko‘rsatib o‘tildi va maktabda “FM kuni”ni o‘tkazish uchun umummaktab komissiyasi va podkomissiyalar tuzildi. Bular:
- a) Umum maktab komissiyasi:
Rais – X.T.Yusupova maktab direktori FM boshlig‘i
Rais o‘rinbosari – X.X.Siddiqov FM shtab boshlig‘i
A`zolari:
a ) Podkomissiya FMdan qidiruv ishlari o‘tkazish bo‘yicha
Rais jismoniy tarbiya qidiruvchisi A.Yuldashev
b) Podkomissiya FMdan qutqaruv ishlari bo‘yicha
Rais: jismoniy tarbiya o‘qituvchisi A.Mashrapov
v) Podkomissiya FMdan o‘t o‘chirish bo‘yicha
Rais: texnik hodim A.Mamajonov
g) Podkomissiya tibbiy xizmat bo‘yicha
Rais: maktab hamshirasi M.Xusanova
2016- yil 17- fevral soat 7-30 da Farg‘ona sha’ar 37- umumiy o‘rta ta’lim maktabida ,,Fuqaro muhofazasi kuni” ni o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib, tadbir boshlandi. Maktabning 1-9 sinf o‘quvchilarining 421 nafari tadbirlar o‘tkazish maydoniga sinf rahbarlari va fan o‘qituvchilari bilan birgalikda saf tortildi. FM shtab boshlig‘i X.X.Siddiqov yig‘ilishni ochib so‘zni maktab FM boshlig‘ X.T.Yusupovaga berdi. FM boshlig‘i ,,FM kuni”ni uyushqoqlik va hamjixatlik bilan o‘tkazishga maktab pedagogik xodimlari va o‘quvchilarini chaqirdi.
Maktab FM shtab boshlig‘i X.X.Siddikov,FM kuni”ni o‘tkazishning asosiy maqsadi:
- O‘quvchilarni Vatanga bo‘lgan muhabbat, o‘z xalqiga yuqori g‘oyaviy sadoqat ruhida va Vatanni himoyalashda o‘z Konstitutsion burchini bajarishga tayyor turish ruhida tarbiyalash;
- o‘quvchilarni favqulotda vaziyatlarda, ya`ni ,, tabiiy ofatlarda o‘z-o‘zini, oila- a’zolarini, atrofdagilarni himoya qilish ruhida tarbiyalash;
- o‘quvchilarda a’loqiy-psixologik sifatlarni shakllantirish va rivojlantirish, berilgan topshiriqlariga javobgarlik hisini uyg‘otish, o‘zida mardlik, jasorat, bardoshlik, jismoniy chidamiylik, bir-biriga yordam berish va FM vazifalarini bajarishga doim tayyor turishga erishishni shakllantirish ekanini tushuntirib o‘tish.
,,Fuqaro muhofazasi kuni”ni asosiy vazifalari avariya, halokat, tabiiy ofatlar va zamonaviy tor-mor qilish vositalaridan himoyalanishda o‘quvchilarni va pedagogik jamoani nazariy va amaliy bilimlarini takomillashtirish ekanini aytib o‘tdi. So‘zi davomida so‘zni tadbir ishtirokchilari Farg‘ona shahar 69- ,,Surxtepa” MFY raisi B.Maksudov va afg‘on urushi qatnashchisi N. Xoshimovlarga berdi. Ular maktabda o‘tkizilayotgan ,,FM kuni” o‘quvchilar va ularning hayotlari uchun o‘ta muhum tadbir ekanligi va ushbu tadbir o‘quvchilarda do‘stlikni, uyushqoqlikni, ziyraklikni hamda bir-biriga e’tiborni tarbiyalaydi deb o‘tdilar.
2-3 soatlarda 2-,,A” sinf rahbari X.Radjapova ,,Sel va uning oqibatlari” , 8- ,,A“ sinf rahbari M.Kamolova ,, Olov – tilsiz yov”, 9-,,A” sinfida biologiya fani o‘qituvchisi M.Xamdamova ,,Tabiiy ofatlar” va 9- ,,B” sinfida geografiya fani o‘qituvchisi U.Kenjaev zilzila va uning oqibatlari” mavzularida ochiq darslari kuzatildi.
,,Diqqat hammaga!” signali maktabning barcha o‘qituvchilari, texnik hodimlari va o‘quvchilarga dars jadvalidagi 4- soatni tugashiga 7 daqiqa qolganida 3 marotaba maktab qo‘ng‘irog‘i chalish bilan ,,Maktabga yong‘in ketdi” tadbiri boshlandi. Maktab o‘quvchilari sinflarda dars berayotgan o‘qituvchilari rahbarligida bir qator bo‘lib, og‘zi burunlarini dast ro‘molchalar bilan berkitgan xolda maktab futbol maydoniga 2 minutu 52 soniyada saf tordilar va har bir sinfda dars berayotgan o‘qituvchi maktab FM shtab boshlig‘i X.X.Siddikov sinf o‘quvchilari soni haqida hisobot topshirdilar. Qidiruv guruhi tomonidan 4- ,,A”, 5-,,B” va 6-,,A” sinflarda safga chiqmagan o‘quvchilar aniqlandi va qutqaruv guruhi tomonidan ular sinflardan futbol maydoniga olib chiqildi. Tibbiy guruh tomonidan ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. O‘t o‘chiruvchi guruh tomonidan olov o‘chog‘i bartaraf etildi. Tadbir so‘ngida FM shtab boshlig‘i X.X.Siddiqov FM boshlig‘i, maktab direktori X.T.Yusupovaga maktabning shaxsiy tarkibi havfsiz maydonga olib chiqilganligi haqida axborot berdi.
,,FM kuni” so‘ngida FM boshlig‘i, maktab direktori X.T.Yusupova bugungi tadbir yuqori saviyada tashkil etilganligi, barcha bo‘linmalar tadbir yuzasidan olgan topshiriqlarini a’lo darajada bajarganliklari uchun podkomissiya a’zolariga va o‘quvchilarga faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar topshirdi.
Maktab FM shtab boshlig‘i: X.T.Yusupova.
Maktab hayotidan lavhalar:
Ta’lim muassasida «Qariyalarni qadrlash yili» munosabati bilan «Uch avlod» uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvlarda mahalla hududida yashovchi faxriy ustozlar, mehnat faxriylari ishtirok etdilar.
Yurtimizni keksalarga ko’rsatilayotgan hurmat e’tibor uchun mehnat faxriylari minnatdorchilik tuyg’ularini izhor etdilar. Maktab badiiy havaskorlik to’garagi a’zolari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.
Maktabimizda 2015-2016 o’quv yili boshlandi
O’quvchilarimizda Prezidentimiz sovg’alari taqdim etildi.
Boshlang’ich 3-A sinf dars jarayonida yanada faol qatnashmoqdalar
2017 yil 14-yanvar Vatan himoyachilar kuniga bag’ishlab maktabimizda tadbir o’tkazildi. Unda maktab qizlari va jajji qizaloqlar tomonidan tantanali tabriklar, o’yin va qo’shiqlar ijro etildi.
Jajji qizaloqlar tabrigi:
Ommaviy kitobxonlar xaftaligi munosabati bilan maktabimizda kitobxonlar tadbiri o’tkazildi:
Maktabimizda 2017-yil 13-16 fevral kunlarida tizimli tibbiy ko’rik o’tkazildi. Unda maktabning barcha o’quvchi va o’qituvchilari o’tkazildi:
Maktabimizda «O’quvchilarning huquq va majburiyatlari» hamda Yong’in havfsizligi qonun qoidlari mavzusida VEN noziri A.Mirzayev ishtirogida 8-9-sinflar bilan birgalikda davra suhbati bo’lib o’tdi.