2018-yil 17-mart kuni maktabimizda
«Har kunimiz Navro’z bo’lsin»
shiori ostida tadbir o’tkazildi
Tanlovlar:
1) Arqon tortish(9-sinf);
2) Miliiy soch o’rish(Muqimjonova Gulbahor 9-sinf);
3) Milliy taomlar ko’rgazmasi (5-sinf);
4) Milliy raqs(6-sinf);
5) Varrak uchirish(4-sinf);
6) Yosh polvonlar o’yini (Ma’murov Oyatillo 8-sinf);
7) “Kim oladi shuginaniya” milliy o’yini (6-A-sinf);
8) Milliy kiyimlar tanlovi (7-B-sinf)
Bayramona kayfiyat bilan maktabimiz o’quvchilar osh bilan mehmon qilindi
Odobli va odobsiz qiz chiqishlari:
“A s s a l o m N a v r o ’ z i o l a m ” nomli tadbir senariysi
1-jarchi chaqirig’i:
Odamlar-u odamlar, Bog’da bitgan bodamlar,
Eshitmadim demanglar, Sayldan kech qolmanglar-o, ho-hoy!
2-jarchi chaqirig’i:
Bozorlar bo’lsin to’kin, Xalqimiz eksin ekin,
Hunarmand-u kosiblar, Chevar-u holvagarlar,
Barcha- barchangiz bu kun, sayldan kech qolmanglar-o ho-hoy!
1-boshlovchi:
Bugun shodiyona Navro’zi olam, Orziqib kutilgan navbahor to’yi,
Assalom yangi yil! Senga atalgusi yuraklar kuyi!
2-boshlovchi:
Yuraklarga solib hayajon, Eshik qoqar biz kutgan mehmon,
Qo’llarida ochil dasturxon Dala dashtga bag’ishlab chiroy,
Yurtga keldi yana ko’klamoy.
1-boshlovchi:
Assalomu alaykum aziz ustozlar, qadrli ishchi xodimlar va bilimga chanqoq o’quvchilar. Bahor bayramingiz muborak bo’lsin.
2-boshlovchi:
Assalomu alaykum, shodiyonamiz ishtirokchlari. Sizlarni Navro’z –bahor , ezgulik, mexr-oqibat va saxovat bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Bugungi she’r-u g’azallar, kuy-qo’shiqlar barcha-barchasi sizlar uchun.
1-boshlovchi:
Mustaqillik yillarida bu ko’hna bayramning ikkinchi umri boshlandi. Navro’z bayrami ilgari hech qachon ko’rilmagan ko’lam va shuku-la madaniy hayotimizdan munosib o’rin oldi.
2-boshlovchi:
Ha, Navro’z bayrami xalqimizning qadimiy va o’lmas an’analarini o’zida jo qilgan milliy bayramimizdir. Bugungi shodiyona kun bilan barchangizni yana bir bor tabriklab, tadbirni ochib berish uchun so’z navbatini maktab direktori, hurmarli ustozimiz Yusupova Xulkarxon Tursunalievnaga beramiz.
1-boshlovchi:
Darhaqiqat, Navro’z – yashnash va yasharish bayrami, tabiatning uyg’onishiga guvox bo’lmish yangi kunning boshlanishidir.
2-boshlovchi:
“Navro’z” forscha so’z bo’lib, “Yangi kun” degan ma’noni anglatadi. Sharq xalqlari tomonidan yilning 21-mart kuni kecha va kunduz tenglashgan kun –yangi yil, Navro’z bayrami sifatida keng nishonlanadi. U dexqonlar uchun ekin –tekin ishlarining boshlanish pallasiga to’g’ri keladi. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy bu kunni shunday ta’riflaydi.
Rustamjon:
Vasli aro ko’rdim, teng emish bo’yi-yu sochi,
Tun –kun ekan zoxir o’lur bo’ldi chu Navro’z.
1-boshlovchi:
Bugun navro’z bayrami, Zo’r tantana, hamma shod,
Ona yurtda quvnaymiz, Baxtiyormiz umrbod
2-boshlovchi:
Navro’z keldi yurtimga. Dalalarga shoshaylik
Keling do’stlar barchamiz. Kuy qo’shiqar kuylaylik.
1-boshlovchi:
Bugungi bayramni ko’tarinki ruxda o’tkazish uchun 8-sinf oquvchilari kamtarona bayram dasturi tayyorlaganlar. Bahorni sog’ingan qalblar uchun deb nomlangan sahna ko’rinishini e’tiboringizga havola etamiz.
2-boshlovchi:
Yurtim! Ilhomimga sarchashma o’zing, Birdek aziz, menga yozing, ham kuzing,
Bu kun bahoringa she’r aytmoqchiman Vatanim, muborak bo’lsin Navro’zing!
1-boshlovchi:
Boshingda hurriyat quyoshing bordur. O’z tuproq, bayrog’ing, yurtdoshing bordur,
Maqsading, g’ayrating brdoshing bordur. Vatanim, muborak bo’lsin Navro’zing
Endi navbatni 7-A sinf o’quvchilari tayyorlagan raqsga beramiz
2-boshlovchi:
Navro’z bayramida tabiat uyg’onadi. Bugungi tadbirimizga bahoriy bayram bo’lmish navro’zoy hamda dexqon bobolar tashrif buyurishgan. Marhamat, ularni kutib olaylik.
Navro’zoy :
Assalomu alaykum aziz o’quvchilar, zahmatkash ustozlar, jonajon vatandoshlar! Sizlarni bayram bilan qutlash uchun uzoq yurtlardan tashrif buyurdim. Bilaman sizlar meni intiqib kutgansizlar. Shuning uchun ham sizlar bilan diydorlashish , sizlarga quvonch ulashish uchun shoshilib keldim. Lekin men yolg’iz kelmadim o’zim bilan bahor oylari: mart, aprel,maylarni olib keldimBugungi bayram tantanangiz orqali sizlarni xushnud etishni maqsad qilgan ekanman,go’zallik va nafosat bayrami barchangizning dilingizga xush va a’lo kayfiyat olib kirsin Men esa sizlarga hamish ko’tarinki kayfiyat va sog’liq tilayman.
Mart, Aprel, May
Dexqon bobo :
Assalomu alaykum aziz yurtdoshlarim, mehribon ustozlar, qadrli o’quvchilar! Ona vatanimizga Navro’z bayrami tashrif buyurmoqda. Navro’z kelishi bilan tabiat uyg’onadi. O’z-o’zidan bobo dexqonga, ya’ni menga ish ko’payadi. Chunki erta bahorda qilingan ish doimo o’z samarasini beradi. Mehnat qilganlar esa hech kam bo’lmaydi. Bugungi byram tantanasi xalqimizni mehnat qilishga, halol rizq topishga undashi shubxasiz. Hayot charog’on bo’lishi uchun astoydil harakat qilish bevosita mehnatga bog’liq. Men bahoriy bayramda barchaning kelgusidagi ishlariga zafarlar tilayman.
Navro’zoy :
Shunday qilib keyingi bahor bayramida uchrashguncha hayr azizlar!
1-boshlovchi:
Navro’z o’lkamiz bo’ylab kezmoqda, barchaning yuzida bahor nafasi, doshqozonlarad osilgan, ko’k somsalar yopilgan butun xalqimiz bayramona kayfiyatda.
Endiga navbatni maktabimizning 9-sinf o’quvchilariga bersak. Marxamat!
2-boshlovchi:
Bobomning bayti bor yaproqlaringda. Momomning tafti bor chor bog’laringda
Onamni eslatar rayhoning, Yurtim. Dadamning hidi bor tuproqlaringda
Sahnaga 7-B sinf o’quvchilarini taklif etamiz.
1-boshlovchi:
Qizg’aldoqzoringda ko’milib yotdim. Billur shabnamlarda cho’milib yotdim
Dunyoni unitdim, o’zni yo’qotdim. Men ham vatan bo’ldim quchoqlaringda
Endigi navbatni 10-sinf o’quvchilari tayyorlagan
2-boshlovchi:
Mana, barchamizning kayfiyatimiz hush, ko’rganning ko’zi quvnayd. Ana shunday tabassum, nazokat nafosat har damda hammangizga yor bo’lsin
1-boshlovchi:
Navro’zi olam muborak aziz do’stlar! Bayram tadbirlarimiz har go’shada har ko’ngilda davom etaversin.