Biz haqimizda

Bayramingiz muborak bo’lsin Aziz Ustozlar!!!

Maktabinizda Innovatsion texnologiyalar

2018-yil 17-mart kuni maktabimizda

«Har kunimiz Navro’z bo’lsin»

shiori ostida tadbir o’tkazildi

Tanlovlar:

1) Arqon tortish(9-sinf);

2) Miliiy soch o’rish(Muqimjonova Gulbahor 9-sinf);

3) Milliy taomlar ko’rgazmasi (5-sinf);

4) Milliy raqs(6-sinf);

5) Varrak uchirish(4-sinf);

6) Yosh polvonlar o’yini (Ma’murov Oyatillo 8-sinf);

7) “Kim oladi shuginaniya”  milliy o’yini (6-A-sinf);

8) Milliy kiyimlar tanlovi (7-B-sinf)

Bayramona kayfiyat bilan maktabimiz o’quvchilar osh bilan mehmon qilindi

Odobli va odobsiz qiz chiqishlari:

“A s s a l o m   N a v r o ’ z i   o l a m ” nomli tadbir senariysi

1-jarchi chaqirig’i:

Odamlar-u odamlar, Bog’da bitgan bodamlar,

Eshitmadim demanglar, Sayldan kech qolmanglar-o, ho-hoy!

2-jarchi chaqirig’i:

Bozorlar bo’lsin to’kin, Xalqimiz eksin ekin,

Hunarmand-u kosiblar, Chevar-u holvagarlar,

Barcha- barchangiz bu kun, sayldan kech qolmanglar-o ho-hoy!

 1-boshlovchi:

 Bugun shodiyona  Navro’zi olam, Orziqib kutilgan navbahor to’yi,

Assalom yangi yil! Senga atalgusi yuraklar kuyi!

2-boshlovchi:

Yuraklarga solib hayajon, Eshik qoqar biz kutgan mehmon,

Qo’llarida ochil dasturxon Dala dashtga bag’ishlab chiroy,

Yurtga keldi yana ko’klamoy.

 1-boshlovchi:

Assalomu alaykum aziz ustozlar, qadrli ishchi xodimlar va bilimga chanqoq o’quvchilar. Bahor bayramingiz muborak bo’lsin.

 2-boshlovchi: 

Assalomu alaykum, shodiyonamiz ishtirokchlari. Sizlarni Navro’z –bahor , ezgulik, mexr-oqibat va saxovat bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Bugungi she’r-u g’azallar, kuy-qo’shiqlar barcha-barchasi sizlar uchun.

1-boshlovchi:

Mustaqillik yillarida bu ko’hna bayramning ikkinchi umri boshlandi. Navro’z bayrami ilgari hech qachon ko’rilmagan ko’lam va shuku-la madaniy hayotimizdan munosib o’rin oldi.

2-boshlovchi:

Ha, Navro’z bayrami xalqimizning qadimiy va o’lmas an’analarini o’zida jo qilgan milliy bayramimizdir. Bugungi shodiyona kun bilan  barchangizni yana bir bor tabriklab, tadbirni ochib berish uchun so’z navbatini maktab direktori, hurmarli ustozimiz Yusupova Xulkarxon Tursunalievnaga beramiz.

1-boshlovchi:

Darhaqiqat, Navro’z – yashnash va yasharish bayrami, tabiatning uyg’onishiga guvox bo’lmish yangi kunning  boshlanishidir.

2-boshlovchi:

“Navro’z” forscha so’z bo’lib, “Yangi kun” degan ma’noni anglatadi. Sharq xalqlari tomonidan  yilning 21-mart kuni kecha va kunduz tenglashgan kun –yangi yil, Navro’z bayrami sifatida keng nishonlanadi. U dexqonlar uchun ekin –tekin ishlarining boshlanish pallasiga to’g’ri keladi. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy bu kunni shunday ta’riflaydi.

Rustamjon:

Vasli aro ko’rdim, teng emish bo’yi-yu sochi,

Tun –kun ekan zoxir o’lur bo’ldi chu Navro’z.

1-boshlovchi:

Bugun navro’z bayrami, Zo’r tantana, hamma shod,

Ona yurtda quvnaymiz, Baxtiyormiz umrbod

2-boshlovchi:

Navro’z keldi yurtimga.  Dalalarga shoshaylik

Keling do’stlar barchamiz. Kuy qo’shiqar kuylaylik.

1-boshlovchi:

Bugungi bayramni ko’tarinki ruxda  o’tkazish uchun 8-sinf oquvchilari kamtarona bayram dasturi tayyorlaganlar. Bahorni sog’ingan qalblar uchun deb nomlangan sahna ko’rinishini e’tiboringizga havola etamiz.

2-boshlovchi:

Yurtim! Ilhomimga sarchashma o’zing, Birdek aziz, menga yozing, ham kuzing,

Bu kun bahoringa she’r aytmoqchiman Vatanim, muborak bo’lsin Navro’zing!

1-boshlovchi:

Boshingda hurriyat quyoshing bordur. O’z tuproq,   bayrog’ing, yurtdoshing bordur,

Maqsading, g’ayrating brdoshing bordur. Vatanim, muborak bo’lsin Navro’zing

Endi navbatni 7-A sinf o’quvchilari tayyorlagan raqsga  beramiz

2-boshlovchi:

Navro’z bayramida tabiat uyg’onadi. Bugungi tadbirimizga bahoriy bayram bo’lmish navro’zoy hamda dexqon bobolar tashrif buyurishgan. Marhamat, ularni kutib olaylik.

Navro’zoy :

Assalomu alaykum aziz o’quvchilar, zahmatkash ustozlar, jonajon vatandoshlar! Sizlarni bayram bilan qutlash uchun uzoq yurtlardan tashrif buyurdim. Bilaman sizlar meni intiqib kutgansizlar. Shuning uchun  ham sizlar bilan diydorlashish , sizlarga quvonch ulashish uchun shoshilib keldim. Lekin men yolg’iz kelmadim o’zim bilan bahor oylari: mart, aprel,maylarni olib keldimBugungi bayram tantanangiz orqali sizlarni xushnud etishni maqsad qilgan ekanman,go’zallik va nafosat bayrami barchangizning dilingizga xush  va a’lo kayfiyat olib kirsin Men esa sizlarga hamish ko’tarinki kayfiyat va sog’liq tilayman.

Mart, Aprel, May

Dexqon bobo :

Assalomu alaykum aziz yurtdoshlarim, mehribon ustozlar, qadrli o’quvchilar! Ona vatanimizga Navro’z bayrami tashrif buyurmoqda. Navro’z kelishi bilan tabiat uyg’onadi. O’z-o’zidan bobo dexqonga, ya’ni menga ish ko’payadi. Chunki erta bahorda qilingan ish doimo o’z samarasini beradi. Mehnat qilganlar esa hech kam bo’lmaydi. Bugungi byram tantanasi xalqimizni mehnat qilishga, halol rizq topishga undashi shubxasiz. Hayot charog’on bo’lishi uchun astoydil harakat qilish bevosita mehnatga bog’liq. Men bahoriy bayramda barchaning kelgusidagi ishlariga zafarlar tilayman.

Navro’zoy : 

Shunday qilib keyingi bahor bayramida uchrashguncha hayr azizlar!

1-boshlovchi:

Navro’z o’lkamiz bo’ylab kezmoqda, barchaning yuzida bahor nafasi, doshqozonlarad osilgan, ko’k somsalar yopilgan butun xalqimiz bayramona kayfiyatda.

Endiga navbatni maktabimizning 9-sinf o’quvchilariga bersak. Marxamat!

2-boshlovchi:

Bobomning bayti bor yaproqlaringda. Momomning tafti bor chor bog’laringda

Onamni eslatar rayhoning, Yurtim. Dadamning hidi bor tuproqlaringda

Sahnaga 7-B sinf o’quvchilarini taklif etamiz.

1-boshlovchi:

Qizg’aldoqzoringda ko’milib yotdim. Billur shabnamlarda cho’milib yotdim

Dunyoni unitdim, o’zni yo’qotdim. Men ham vatan bo’ldim quchoqlaringda

Endigi navbatni   10-sinf o’quvchilari tayyorlagan

2-boshlovchi:

Mana, barchamizning kayfiyatimiz hush, ko’rganning ko’zi quvnayd. Ana shunday tabassum, nazokat nafosat har damda hammangizga yor bo’lsin

1-boshlovchi:

Navro’zi olam muborak aziz do’stlar! Bayram tadbirlarimiz har go’shada har ko’ngilda davom etaversin.

 

JAJJI KITOBXONLAR

Maktabimizda 2018 yil 1 mart kuni boshlang’ich sinf o’quvchilari o’rtasida «Jajji kitobxon» ko’rk tanlovi bo’lib o’tdi.

Unda jajji ishtirokchi qizlarimizdan 4-A sinf o’quvchilari judayam faol qatnashdilar va faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg’alri bilan taqdirlandilar.

 

Farg’ona shahar xalq ta’limi bo’limining

37-umumiy o’rta ta’lim maktabida

10-11-sinfi ochildi

10-11-sinf

2017-yil 18 iyun kunidan boshlab mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida tarixiy kun bo’ldi. O’zbekiston bo’yicha maktablarda so’rovnomalar o’tkazildi. Unga ko’ra o’quvchilar ota-onalari maktablarda 10-11-sinflar tiklanishi haqida o’z fikrlarini bildirishdi.

2017-2018 o’quv yilidan  butun O’zbekistonimiz bo’yicha Farg’ona shahar 37-umumta’lim maktabida ham 10-11-sinflar ochildi. Unda maktabimiz 9-sinf bitiruvchilari ota-onalari bilan maslaxatlashgan xolda 18 nafar o’quvchilarimiz 10-11-sinfda o’z ta’limlarini davom ettirish istaklarini bildirdilar.

Shuningdek hordiq.uz saytidagi Bosh vazirimiz Abdulla Aripov ta’kidlashicha maktablarimizda «nolinchi» sinflar ham ochilar ekan.

12c-_1_

Maktabning to’liq nomi: Farg’ona shahar xalq ta’limi bo’limining 37-umumiy o’rta ta’lim maktabi;

Tashkil etilishiga asos: Farg’ona shahar hokimining 17.08.1996 dagi  №258/08 qarori;

Manzili: Farg’ona viloyati Farg’ona shahri 69 Surxtepa Fuqarolar yig’ini, Eski Farg’ona ko’chasi 40-uy ;

Pochta indeksi: 150162;

Telefon: +99873-242-35-60;

Maktab direktori: Xulkaroy Tursunaliyevna Yusupova

O’quvchilar o’rni: 360;

O’quvchi soni (2016): 365;

Pedagog xodimlar soni: 22;

Sinf xonalar soni: 9;

Maktab 1996 yili foydalanishga topshirilgan;

Maktab xolati: yaxshi;

Zamonaviy jihozlangan fizika, informatika, ingliz tili, kimyo, biologiya dars xonalari va  sport zaliga ega.

Maktabimiz manzalari:

Maktab ko’rinishi:

2015-10-31 11.23.54

Maktab yo’lakchalari:

IMG_20161011_083908

Sport zali:
сканирование0001

Kimyo xonasi:

сканирование0005

Boshlang’ich sinflar xonasi:

Photo0024

Informatika xonasi:

20140925_100422

Fargona shahar xalq talimi bolimi tasarrufidagi 37-orta talim maktabining rasmiy sayti